![](/storage/posts/February2025/geSimD2x46AFh2IwLxP4-small.jpg)
Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini taʻminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.
Hujjatning “yoʻl xaritasi”ga muvofiq, elektr energiyasini behuda sarflash, jumladan, undan binolarni yoritish uchun xoʻjasizlarcha foydalanish tushunchasi va tadbirkorlik subyektlari faoliyat turlarining xususiyatini inobatga olib, belgilangan moliyaviy va maʻmuriy jarima miqdorlari qayta koʻrib chiqiladi.
Xususan, ularning jarimadan qarzdorligi hisobiga tarmoqdan uzish oʻrniga boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilishi reja qilinmoqda.
“Oʻzenergoinspeksiya”, biznes ombudsman va Savdo-sanoat palatasi bu borada qonun loyihasini ishlab chiqib, 2025-yil martigacha koʻrib chiqish uchun taqdim etishi kerak.
Bundan tashqari, tadbirkorlarga korporativ kartadan mobil ilovalar orqali elektr energiyasiga toʻlovlarni amalga oshirish tizimini joriy etish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, tabiiy gaz isteʻmolini onlayn nazorat qilish yuzasidan “Hududgaztaʻminot” AJ tomonidan “Hududgaz korporativ” dasturini va Soliq qoʻmitasining my.soliq.uz dasturi bilan integratsiya qilish ishlarini yakunlash reja qilingan.
Shu bilan birga, EHFlar hisobot oyi davomida xatoliklarsiz ulgurji isteʻmolchilarga toʻliq yuborilishini yoʻlga qoʻyish belgilangan.
Masʻul vazirlik va korxonalar tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga tegishli oʻzgartirish kiritish yuzasidan qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishi kerak.
Bunda:
isteʻmolchi tomonidan tabiiy gazni yetkazib berish uchun belgilangan muddatda toʻlov amalga oshirilmagan taqdirda, isteʻmolchi tabiiy gaz uchun toʻlovni amalga oshirish zarurligi haqida avtomatik tarzda (ovozli qoʻngʻiroq yoki SMS xabar yordamida) xabardor qilinadi;
bir ish kuni davomida toʻlov amalga oshirilmagan taqdirda gaz taʻminoti toʻxtatiladi.
“Yoʻl xaritasi”da respublika boʻyicha korporativ isteʻmolchilar toʻlovlarini yagona shaxsiy varaqda yuritish boʻyicha tizim joriy qilish yuzasidan “Hududgaztaʻminott AJ tomonidan ichki buyruq qabul qilish va hududiy filiallarda amaliyotga joriy qilish rejalashtirilgan.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q