Ertaga baʻzi hududlarda qor va yomgʻir yogʻadi

Saqlash
11:34 / 03.01.2025 238 0

 

Oʻzgidromet 4-yanvar kuni kuzatiluvchi ob-havo toʻgʻrisida maʻlumot berdi.

 

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli boʻladi, kechqurun yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -1...-3, kunduzi +3...+5 daraja boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...-8, kunduzi +1...+6 daraja boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5, kunduzi +1...+6 daraja boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5, kunduzi +1...+6 daraja boʻladi.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...+3, kunduzi +3...+8 daraja boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5, kunduzi 0...+5 daraja boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlari. Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10, kunduzi -3...+2 daraja boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//