Yangi yilning ilk kunida O‘zbekistonda 1641 nafar chaqaloq tug‘ildi

Saqlash
10:03 / 03.01.2025 133 0

 

Bu 2018-yildan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkich.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati 2025-yilning birinchi sutkasida 1641 nafa chaqaloq dunyoga kelgani haqida xabar berdi.

 

2018-yilning xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019-yil 1708 nafar, 2020-yil 1974 nafar, 2021-yil 1644 nafar, 2022-yil 2316 nafar, 2023-yil 2155 nafar, 2024-yil esa 1859 nafar chaqaloq tug‘ilgan.

 

2025-yil 1-yanvar kuni dunyoga kelgan go‘daklarning 845 nafari qiz, 796 nafari esa o‘g‘il bola.

 

Eng ko‘p chaqaloq Farg‘ona viloyatida (244 nafar) tug‘ilgan.

 

Keyingi o‘rinlarda:

 

Samarqand viloyati — 186 nafar,

 

Qashqadaryo viloyati — 181 nafar,

 

Surxondaryo viloyati — 172 nafar,

 

Toshkent viloyati — 150 nafar,

 

Toshkent shahri — 139 nafar,

 

Andijon viloyati — 90 nafar,

 

Jizzax viloyati — 87 nafar,

 

Buxoro viloyati — 86 nafar,

 

Xorazm viloyati — 83 nafar,

 

Qoraqalpog‘iston R. — 71 nafar,

 

Namangan viloyati — 65 nafar,

 

Sirdaryo viloyati — 45 nafar,

 

Navoiy viloyati — 42 nafar.

 

Dunyoga kelgan ushbu bolalar orasida 23 egizak (jami 47 nafar bola) bor, ya’ni 22 tasi (44 nafar bola) ikki homilalik, 1 tasi (3 nafar bola) esa uch homilalik egizakdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//