Venesuela TikTokʼni 10 mln dollar jarimaga tortdi

Saqlash
10:49 / 01.01.2025 243 0

Venesuela Oliy sudi TikTok ijtimoiy tarmog‘ini insonning ruhiy va jismoniy salomatligiga zarar yetkazuvchi kontent tarqatgani uchun 10 million dollar miqdorida jarimaga tortdi.

 

‘‘Venesuela Oliy sudi TikTokʼni mamlakat Milliy kommunikatsiya komissiyasiga mazkur qaror e’lon qilinganidan keyin sakkiz kun ichida to‘lanishi kerak bo‘lgan 10 million dollarlik jarimadan xabardor qiladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq insonning ruhiy va jismoniy sog‘lig‘iga zarar yetkazadigan virusli kontent tarqalishining oldini olish uchun zarur choralar ko‘rishi lozim», degan mamlakat Oliy sud raisining o‘rinbosari Tanya D’Amelio.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mablag‘ hisobiga TikTokʼdan zarar ko‘rganlarga yordam ko‘rsatuvchi jamg‘arma tashkil etiladi. U eng avvalo ijtimoiy tarmoq faoliyatidan jabrlangan bolalar va o‘smirlarga ko‘maklashadi.

 

Oliy sud, shuningdek, TikTok kompaniyasi zimmasiga mahalliy vakolatxona ochish majburiyatini ham yuklagan.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//