QQS va foyda solig‘i stavkalari 2028-yilga qadar oshirilmaydi

Saqlash
10:06 / 31.12.2024 267 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha keyingi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

 

Farmon 20-dekabr kuni faoltadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha qabul qilindi.

 

Ushbu hujjatga ko‘ra, 2028-yil 1-yanvarga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) va foyda solig‘i stavkalari o‘zgarishsiz qoladi.

 

2025-yilning 1-yanvaridan 2028-yilning 1-yanvarigacha ayrim ijtimoiy shartlarni bajaruvchi tikuv, poyabzal va charm-attorlik sanoati korxonalari uchun foyda solig‘i va o‘zlarining xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilandi. Ular quyidagi shartlarga bir vaqtning o‘zida javob berishi kerak:

 

jami xodimlar sonining kamida 15 foizi Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning a’zolaridan tashkil togganda;


har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining. ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda;


soliq davrida tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 foizini tashkil etganda.


Savdo-sanoat palatasi huzurida Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga ko‘maklashish markazi tashkil etiladi. Markaz xalqaro mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.

 

Har yili kamida 100 nafar tadbirkor uning xizmatlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Markazni moliyalashtirish Savdo-sanoat palatasining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.

 

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 2025-yilda aylanma mablag‘larini to‘ldirishga ajratiladigan kreditlar uchun Savdoni rivojlantirish kompaniyasiga uning talabnomasiga asosan 5 yil muddatga 2028-yil 1-yanvardan qaytarish sharti bilan 2 foiz stavkada 100 mln dollar miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ajratadi.

 

Tijorat banklari ushbu mablag‘lardan qishloq xo‘jaligi, sanoat va savdo korxonalarini kreditlash uchun foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Tijorat banklarining aylanma mablag‘larini to‘ldirishga ajratiladigan kreditlar uchun kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq 10 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi.

 

2025-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kalibrovka qilish va qadoqlash bo‘yicha loyihalari uchun revol’ver kreditlar olishlari mumkin bo‘ladi.

 

2025-yil 1-yanvardan to‘qimachilik mahsulotlariga eksport soliqlari belgilanadi:

 

har bir kilogramm paxta ip-kalavasi uchun uning yig‘im eksport narxinidan 2 foizi (0,05 dollardan oshmasligi kerak).


har bir kilogramm trikotaj mato uchun uning yig‘im eksport narxining 1 foizi.


Shuningdek, har yili 5 mingdan ortiq ish o‘rni yaratib, 100 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘layotgan tadbirkorlar o‘rtasida “chempionlar” ro‘yxati shakllantiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//