Siyosat
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarboyjon magistral elektr tarmoqlari operatorlari ‘‘yashil’’ energiya koridori loyihasini amalga oshirish uchun qo‘shma korxona tashkil etdi.
Energetika vazirligi xabar berishicha, shartnoma uch mamlakatning magistral elektr tarmoqlari operatorlari — Ozarboyjonning Azerenerji, Qozog‘istonning KEGOC va ‘‘O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari’’ tomonidan video-aloqa doirasida imzolandi.
Hujjat uch davlat prezidentlari tomonidan 13 noyabr kuni imzolangan bitimni amalga oshirish, shuningdek, Yevropa Ittifoqining ‘‘Yashil bitim’’ (2050 yilga qadar issiqxona gazlari va atrof-muhitning umumiy ifloslanishini nolga tushirish rejasiga erishish) kabi yangi tashabbuslarni hisobga olgan holda elektr energiyasi savdosi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Tomonlar loyihani amalga oshirish uchun Bokuda qo‘shma korxona tashkil etishga kelishib oldi. Maslahatchi vazifasini Italiyaning CESI kompaniyasi bajaradi va loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqadi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q