Yetim bolalarni tarbiyaga olgan oilalarga bolalarning kiyim-bosh va poyabzal harajatlari to‘lab beriladi

Saqlash
11:28 / 29.12.2024 304 0

“Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllari bo‘yicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (893-son, 27.12.2024 y.) qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi, jumladan:

 

O‘zbekiston Respublikasida voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik organi to‘g‘risidagi nizom;

 

Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom;

 

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

 

Bolalar uylari to‘g‘risidagi nizom;

 

Mehribonlik uylari to‘g‘risidagi nizom;

 

Kichik hajmli bolalar uylari to‘g‘risidagi nizom.

 

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olgan tutingan ota-onalarga har oylik to‘lovlar to‘lash hamda bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash xarajatlari 2025 yildan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga respublika byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

 

2025 yil 1 fevraldan tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar masalalari bo‘yicha vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyalar faoliyati tugatiladi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//