Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bokschi Shahram G‘iyosovning og‘zi berkitilgan ayiq bilan jang qilayotgani aks etgan video jamoatchilikning ko‘plab e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Rolikda sportchi yirtqichni bir necha bor yiqitgani, bu paytda ayiqni boshqa bir kishi jilovidan ushlab turgani tasvirlangan.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ayni paytda holat o‘rganilayotganini, o‘rganish natijalariga ko‘ra batafsil ma’lumot berilib, huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy tartibda chora ko‘rilishini bildirdi.
Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlangan. Ushbu ro‘yxatga ayiqlarning barcha turi kiritilgan. Ya’ni boshqa hayvonlar qatori ayiqlarni ham davlat va mobil sirklarida (shapitolar) saqlash hamda ulardan sirk tomoshalarini o‘tkazish maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.
Ekologiya vazirligi hayvonlarga nisbatan har qanday shafqatsiz munosabatni qoralab, bu kabi holatlar qonunga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tgan.
Jamiyat
Jahon
Iqtisod
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q