Ozodbek Nazarbekov 7 yillik tanaffusdan keyin ilk bor konsert berdi

Saqlash
14:19 / 28.12.2024 248 0

“2023-yil 22-dekabrda o‘tkazilgan respublika “Ma’naviyat va ma’rifat kengashi”ning kengaytirilgan yig‘ilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-yanvardagi 14-sonli majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi “Ma’rifat markazi” Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning ijodiy-ma’rifiy kechasi tashkil etildi.

Unda taniqli davlat va jamoat arboblari, yozuvchi-shoirlar, madaniyat va san’at namoyandalari, mahalla faollari, olimlar, talaba va o‘quvchilar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

 

 

Shu vaqtga qadar ushbu topshiriqlar asosida O‘zbekiston xalq artistlari Munojat Yo‘lchiyeva, Jenisbek Piyazov, Abduhoshim Ismoilov, Xayrulla Lutfullayev, O‘zbekiston xalq hofizlari Beknazar Do‘stmurodov, Orolmirzo Safarov, O‘zbekiston xalq baxshilari Qahhor Rahimov, Boyqo‘chqor Ahmedov, Ochil Chorshanbiyev kabi ijodkorlarning ham ijodiy-ma’rifiy kechalari o‘tkazib kelingan.

 

Eslatib o‘tamiz, ijodiy-ma’rifiy kecha Ozodbek Nazarbekovning Madaniyat vaziri bo‘lganidan keyin, 7 yillik tanaffusdan so‘ng berayotgan birinchi konsert dasturi hisoblanadi.

 

 

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//