Deputat Ramzan Qodirov O‘zbekiston xalqidan uzr so‘rashi kerakligini aytdi

Saqlash
11:35 / 28.12.2024 353 0

Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojiyev Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan fikr bildirdi.

Deputat Checheniston prezidenti Ramzan Qodirovning O‘zbekistonning ichki ishlariga aralashishi, shuningdek, o‘zbek davlat amaldorlariga nisbatan tahdid bildirishi yoki bosim o‘tkazishini mutlaqo qoralashini ma’lum qildi.

 

“Bunday harakatlar ikki do‘st davlat munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va har ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarga zarar yetkazishi mumkin. Men Rossiya Bosh prokuraturasidan Ramzan Qodirovning o‘zbek mulozimlariga tahdidi yuzasidan holatga huquqiy baho berishini so‘rayman”, deb yozadi u.

Odiljon Tojiyev Ramzan Qodirov o‘zining kechagi munosabati uchun O‘zbekiston xalqidan ochiqdan ochiq uzr so‘rashi kerakligini ta’kidladi.

“Shu bilan birga, agar u do‘st bo‘lsa, O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga qidiruvda bo‘lgan Beslan Rasayev va Shamil Temirxanovni topishda amaliy yordam berishi va uni O‘zbekistonga topshirishi lozim”, deya qo‘shimcha qiladi deputat.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//