Aqlli odamning sifatlari qanday boʻladi?

Saqlash
17:40 / 27.12.2024 353 0

Ilmiy yoki texnologik soha bilan shugʻullanadigan odamlarning ish joylari yoki uylari doim tartibsiz boʻladi. Buni hammamiz kuzatganmiz. Olimlarning taʼkidlashicha, bu tasodif yoki vaqt yetishmasligining oqibati emas.

 

Aslida tartibsizlik boshqalarning fikri va anʼanaviy qarashlaridan xoli boʻlib, yangi gʻoyalarga intilishni anglatishi mumkin. Buning teskarisi esa sizni albatta lol qoldiradi, yaʼni tartibli odamlar umumeʼtirof etilgan qoidalarga boʻysunuvchan, boshqalarning fikriga qiziquvchan boʻladi.

 

Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, odam bir daqiqada qanchalik qoʻpol soʻzlarni eslay olsa, uning IQ darajasi shunchalik yuqori boʻladi. Psixologlar esa tartibsiz gapiradiganlar iloji boricha majoziy va ifodali gapirishga, umumiy qabul qilingan qoidalarga boʻysunmaslikka moyil boʻlishini taʼkidlaydi.

 

Bundan tashqari, tadqiqotchilar yuqori darajada aqliy salohiyati bor odamlarning yarim tunda uxlash odati borligini ham aniqlashgan. Bunday insonlar boshqalarga qaraganda koʻproq gʻoyalarni oʻylab topadi. Ularning miyasi yaxshi ishlasa-da, kun davomida oʻzlarini qiziqtirgan maʼlumotlarni oʻzlashtirishga vaqt topolmaydi.

 

Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, inson genomi(genlar toʻplami)da aqlning rivojlanishi uchun masʼul boʻlgan genlarning butun guruhi mavjud: genomda bunday genlar qanchalik koʻp boʻlsa, insonning muvaffaqiyatga erishishi shuncha yuqori boʻladi. Biroq yana bir diqqat qiladigan tomoni, bunday odamlar qanchalik aqlli boʻlsa, ularning farzand koʻrish ehtimoli ham shunchalik kam boʻladi. Masalan, oʻrtacha olganda “genetik aqlli” odamlarning ota-ona boʻlish ehtimoli 6 foizga kamroq ekan (Maʼlumotlar yuz mingdan ortiq Islandiya aholisining DNKsini oʻrganish natijasida olingan).

 

Tadqiqot xulosasida keltirilishicha, aqlli insonlarning soni kamayib bormoqda. 1990-yilga nisbatan olganda hozirda “aqlli” genlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan odamlarning ulushida pasayish mavjud.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//