“Yil ayoli” tanlovi g‘oliblari aniqlandi (ro‘yxat)

Saqlash
17:18 / 27.12.2024 2814 0

Bugun poytaxtimizda “Yil ayoli” milliy tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tanlov nizomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan 35 yoshdan yuqori hamda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat bilan kamida 5 yil mobaynida uzluksiz shug‘ullanib kelayotgan ayollar, shuningdek, uy bekalari tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

 

Joriy yilda “Yil ayoli” tanlovining tuman (shahar) bosqichlarida 3 091 nafar ayollar ishtirok etdi.  Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlarida 1 146 nafar ayollar ishtirok etib, 150 nafari  Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

 

 

“Yil ayoli – 2024”da ayollar 12 ta nominatsiya bo‘yicha baholandi. Bular: “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng faol olima ayoli”,  “Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli”, “Eng faol yashil makon targ‘ibotchisi”,  “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli”, “Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi”, “Yilning eng yaxshi chilangar ayoli”,  “Yilning eng yaxshi uy bekasi”,  “Yilning eng jonkuyar ustozi”, “Yilning eng faol sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi”, “Yilning eng yangi g‘oyalar tashabbuskori”.

 

Shuningdek, 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari tegishli tartibda mukofotlandi.

 

Oliy o‘rin – gran pri sohibi Prezident sovg‘asi – avtomobil bilan taqdirlandi.

 

Oyina.uz tanlov g‘oliblari ro‘yxatini keltirib o‘tadi.

 

Oliy o‘rin – Nigora Polvonova. Olimpia va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy mahorat maktabi murabbiy o‘qituvchisi.

 

 

1-o‘rin – Manzura Masharipova, Gurlan tuman 36-son maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi, 2021-yildan Gurlan tumani “Gurlan eksport” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari.

 

 

2-o‘rin – Zebiniso Xayrullayeva, Farg‘ona shahar “Tantana tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari.

 

3-o‘rin – O‘raltosh Eshimova, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, xotin-qizlar va ijtimoiy masalalar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik.

 

 

“Yilning eng vatanparvar ayoli” nominatsiyasi – Dilnoza Aralova, DXX chegara qo‘shinlari 9113-harbiy qism harbiy xizmatchisi.

 

“Yilning eng faol olima ayoli” nominatsiyasi – Aziza Muxtorova, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektor maslahatchisi, psixologiya fanlari doktori, umumiy psixologiya kafedrasi professori.

 

“Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli” nominatsiyasi – Shohida Nasriddinova, “MILK FOODS TRADE” MChJ direktori.

 

 

“Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli” nominatsiyasi – Dilshoda Sultanova, Samarqand davlat Arxitektura va qurilish universiteti “Tasviriy san’at” kafedrasi professori.

 

“O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli” nominatsiyasi – Nadejda Volinskova, Olmaliq “Ammofos-Maxsam” AJ bosh texnologi.

 

“Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi” nominatsiyasi – Sayyora Kenjayeva, Navbahor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi  bosh mutaxassisi.

 

“Yilning eng yaxshi uy bekasi” nominatsiyasi – Faridaxon Xoshimova, uy bekasi.

 

“Yilning eng jonkuyar ustozi” nominatsiyasi – Sojida Xaydarova, Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish sho‘basi metodisti.

 

 

“Yilning eng faol sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi” – Mamlakat Rajabova, Romitan tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi.

 

“Yilning eng yangi g‘oyalar tashabbuskori” nominatsiyasi – Saodatxon Egamova, Uychi tumani MMTBga qarashli 23-sonli maktab qoshidagi “Namangan qalqon maxsus guruh” NTM direktori.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//