Jamiyat
Asaka tumanida istiqomat qiluvchi G.E. (ayol) hech qanday maxsus bilimga ega boʻlmasa-da, oʻzining yashash xonadonida 5 nafar voyaga yetmagan oʻgʻil bolaga noqonuniy ravishda diniy saboq berib kelgani maʼlum boʻldi.
Bolalarning 4 nafari andijonlik, 1 nafari esa qashqadaryolik boʻlib, ular 2014–2016-yillar oraligʻida tugʻilgan.
Xabarda yozilishicha, 2016-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan bola Asaka tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan birining 2-sinfiga 2023-yilning noyabr oyida koʻchirishgan. Bunda bolaning ota-onasi farzandining oʻqishini koʻchirishni G.E. orqali amalga oshirgan.
Maktab direktori esa bolani ota-onasining arizasisiz, tegishli buyruq chiqarmasdan oʻqishga qabul qilgan. Shuningdek, uni “hujra” sharoitida diniy taʼlim olayotganidan xabardor boʻlsa-da, zarur choralarni koʻrmagan.
Qashqadaryolik bola fuqaro G.E.ning uyida yashagan va diniy saboq olgan. Ammo mazkur ayol tomonidan muttasil kaltaklanishi oqibatida olgan jarohatlari tufayli, keyinchalik shifoxonaga yotqizilgan.
Endilikda holat yuzasidan G.E. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Maktab direktoriga nisbatan esa xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, u egallab turgan lavozimidan boʻshatilgan.
Bunday holat Andijon tumanida ham kuzatilgan. Jumladan, tumanda yashovchi fuqaro A.U. (erkak) oʻz uyida “hujra” tashkil qilib, 2010- va 2013-yillarda tugʻilgan 4 nafar oʻgʻil bolaga diniy saboq berib kelgan.
Bolalardan biri Toshkent shahrida yashasa-da, uning oʻqishi ota-onasining xohishi bilan diniy saboq olishi uchun Andijon tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan biriga koʻchirilgan.
Qizigʻi, bola maktab darslariga qatnashmagan boʻlsa-da, mazkur maktab direktori uni majburiy taʼlimga jalb qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrmagan.
Maktab direktoriga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, u ham egallab turgan lavozimidan boʻshatilgan.
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q