Siyosat
100 nafar falastinlik yarador ayollar va bolalar hamrohlari bilan birga Rafahdan Oʻzbekistonga evakuatsiya qilindi.
Xabarga koʻra, ushbu evakuatsiya amaliyoti ikki davlatning Sogʻliqni saqlash vazirliklari hamkorligida prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan.
Oʻzbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichevning soʻzlariga koʻra, evakuatsiya qilingan falastinliklar yurtlariga qaytgunlaricha Oʻzbekistonda qoladi. Ushbu bemor falastinliklar davolanish va sogʻliqlarini qayta tiklash uchun reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi. Oʻzbekiston hukumati mamlakatda boʻlish davrida ularning oilasini barcha ehtiyojlar, jumladan, mehmonxonalar, maktablar, oziq-ovqat va boshqa narsalar bilan taʼminlaydi.
Elchining soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston Prezidenti 2024-yil noyabr oyida boʻlib oʻtgan Falastin masalasiga bagʻishlangan favqulodda arab-islom sammiti oldidan soʻzlagan nutqida Falastin hududlarida harbiy operatsiyalarni toʻxtatish va xavfsiz gumanitar yoʻlaklarni taʼminlash muhimligini taʼkidlagan. Shuningdek, davlat rahbari jarohatlangan falastinlik bolalar va ayollarni davolashda Toshkent ularni qabul qilish uchun tayyorligini maʼlum qilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q