Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari Avazbek Ergashev vafot etdi

Saqlash
09:54 / 27.12.2024 491 0

Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Avazbek Ergashev 58 yoshida vafot etdi.

 

Maʼlumot uchun, Avazbek Ergashev 1966-yilda Oltinkoʻl tumanida tugʻilgan. 1992-yilda Andijon paxtachilik instituti(hozirgi Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti)ni tamomlagan.

 

Ergashev mehnat faoliyatini 1983-yilda Oltinkoʻl tumani “Oqtepa” shirkat xoʻjaligi aʼzosi vazifasidan boshlagan. 

 

Shundan soʻng u bir qator davlat fuqarolik xizmatida samarali faoliyat yuritgan. 2020-2022-yillarda esa Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 2020-2023-yillarda Oʻzbekiston Urugʻchilikni rivojlantirish markazi direktorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2015–2019-yillarda Oliy Majlis Senati aʼzosi ham boʻlgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//