Oltin Humo–2024. Kino sohasida yilning eng yaxshilari aniqlandi

Saqlash
09:21 / 27.12.2024 534 0

Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida “OLTIN HUMO — 2024” milliy kinotaqdimotining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

 

Unda kino sohasidagi yilning eng yaxshilari bir qator nominatsiyalar boʻyicha eʼtirof etildi. Bular:

▪️  “Eng yaxshi film” – “Bahodir Yalangtoʻsh” tarixiy-badiiy filmi;

 

▪️ “Eng yaxshi hujjatli film” – “Shamol odamlari” filmi;

 

▪️ “Eng yaxshi animatsion film” – “Beruniy sarguzashtlari” animatsion filmi;

 

▪️ “Eng yaxshi ovoz rejissyori” – Abduqahhor Karimov (“Sevdo” filmi uchun);

 

▪️ “Eng yaxshi kino bastakori” – Doniyor Agzamov (“Bahodir Yalangtoʻsh” filmi uchun);

 

▪️ “Eng yaxshi grafika ishi” – Lazizxon Gʻaniyev (“Bahodir Yalangtoʻsh” filmi uchun);

 

▪️ “Eng yaxshi montaj ishi” – Temur Kiyasov (“Uch qahramon” filmi uchun);

 

▪️ “Eng yaxshi grim rassomi” – Mahbuba Esonova, Rimma Voronova (“Bahodir Yalangtoʻsh” filmi uchun);

 

▪️ “Eng yaxshi libos boʻyicha rassom ishi” – Zuhra Gʻaniyeva (“Bahodir Yalangtoʻsh” filmi uchun);

 

▪️ “Eng yaxshi rassom ishi” – Qazaqbay Xojamuratov (“Ajiniyoz” filmi uchun);

 

▪️ “Eng yaxshi ssenariy” – Hasan Toshxoʻjayev va Jahongir Ahmedov (“Bahodir Yalangtoʻsh” filmi uchun);

 

▪️ “Eng yaxshi operator” – Azizbek Normatov (“Uch qahramon” filmi uchun);

 

▪️ “Eng yaxshi ayol roli” – Tamara Mirmaqsudova (“Pandemiya” filmi uchun);

 

▪️ “Eng yaxshi erkak roli” – Tohir Saidov (“Bahodir Yalangtoʻsh” filmi uchun);

 

▪️ “Hakamlar hayʼatining maxsus sovrini” – “Matonat” hujjatli filmi uchun;

 

▪️ “Eng yaxshi debyut ishi” – Jamshid Narziqulov (“House” hujjatli filmi uchun).

 

“Oʻzbek kinematografiyasiga qoʻshgan hissasi uchun” nominatsiyalari boʻyicha quyidagilar taqdirlandi:

▪️ Oʻzbekiston xalq artisti Rajab Adashev;

 

▪️ Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Isamat Ergashev;

 

▪️ “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Temurmalik Yunusov;

 

▪️ “Shuhrat” medali sohibasi Adiba Nosirova;

 

▪️ Oʻzbekiston sanʼat arbobi Baxtiyor Nazarov.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//