Jahon
Qirgʻiziston davlat tili milliy komissiyasi Huquqbuzarliklar kodeksiga oʻzgartishlar kiritish tashabbusi bilan chiqdi. Unga koʻra, endilikda davlat tili toʻgʻrisidagi qonun talablarini buzgan kafe, restoranlar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslar maʻmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin boʻladi. Bu haqda komissiya raisi Melis Murataliyev maʻlum qildi.
Murataliyevning soʻzlariga koʻra, komissiyaga koʻpincha davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, xususan, tashqi reklama va xizmat koʻrsatish sohalarida talablar bajarilmasligi yuzasidan shikoyatlar kelib tushadi.
“Hozirgi Huquqbuzarliklar kodeksida davlat tili haqidagi qonunga rioya qilmaganlik uchun javobgarlik yoʻq. Oldingi Maʻmuriy javobgarlik kodeksida ham yoʻq edi.
Bu yil biz Huquqbuzarliklar kodeksiga tegishli moddani kiritishni taklif qilamiz. Ilgari hech kim davlat tili qonunini buzgani uchun javobgarlikka tortilmagan. Biz qonun loyihasini ishlab chiqdik, unda har qanday tashkilot, davlat yoki xususiy, shuningdek, xizmat koʻrsatish obyektlari til qonunini buzgani uchun maʻmuriy javobgarlikka tortilishi nazarda tutiladi. Ishonchim komilki, bir-ikkita jazodan keyin odamlar barchasini toʻgʻrilashni boshlaydi”, degan Murataliyev.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q