Siyosat
“2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida’’gi Qonun qabul qilindi.
Ushbu qonun 2025-yil uchun Oʻzbekistonning konsolidatsiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
Kelasi yil uchun birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.
Birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablagʻlaridan faqat 2025 moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga oʻtkazilmaydi.
2025-yil uchun Oʻzbekiston konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida etib belgilandi.
Shuningdek, 2025-yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:
- mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari;
- mahsulotlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalari;
- chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekistonga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimlarning stavkalari.
Qonun 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q