Jamiyat
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari”ga davlat kafolati ostida 66,4 mln dollar miqdorida kredit ajratmoqda.
Ushbu mablagʻ Xorazm viloyatidagi Sarimoy va Navoiy viloyatidagi Muruntov aholi punktlari oʻrtasida 230 km uzunlikdagi 500 kV elektr uzatish liniyasini qurishga yoʻnaltiriladi.
Loyiha energiya tizimidagi “tor joylar»ni bartaraf etishga va elektr taʻminotidagi uzilishlarni, ayniqsa, yuklama eng yuqori boʻlgan davrlardagi uzilishlar kamayadi. Shuningdek, u bank koʻmagida ishlab chiqilgan Oʻzbekiston energetikasini kam uglerodli rivojlantirish strategiyasida koʻzda tutilganidek, qayta tiklanadigan energiya manbalarining integratsiyalashuviga koʻmaklashadi.
Loyiha tufayli yiliga issiqxona gazlari chiqindilari 4143 tonna va elektr energiyasi yoʻqotishlari 34 636 mVt⋅s ga kamayishi kutilmoqda.
Madaniyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110991
Jamiyat
94499
Jamiyat
90433
Jamiyat
74452
Jamiyat
//
Izoh yo‘q