Shavkat Mirziyoyev MDHʼning norasmiy sammitida ishtirok etdi

Saqlash
09:51 / 26.12.2024 93 0

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida qatnashdi.

 

Tadbirda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham ishtirok etdi.

 

 

Uchrashuvda 2024-yildagi birgalikdagi ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilindi va koʻp tomonlama hamkorlikning kelgusi yilga moʻljallangan ustuvor vazifalari koʻrib chiqildi.

 

Xususan, mintaqa ichida savdo va kooperatsiyani, eng avvalo, oʻzaro savdodagi toʻsiqlarni yanada bartaraf etish orqali kengaytirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.

 

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik hamda umumiy tahdid va xatarlarga qarshi kurashda MDH doirasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish borasidagi dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//