Oʻzbekiston Afgʻonistonga insonparvarlik yordami va “Salomatlik” poyezdi yubordi

Saqlash
09:11 / 26.12.2024 106 0

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirigʻi bilan oʻzbek xalqining bagʻrikenglik koʻmagi sifatida Afgʻoniston aholisini bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, zarur oziq-ovqat hamda dori-darmon vositalari shaklidagi insonparvarlik yuki Afgʻoniston xalqiga yetkazildi.

 

Surxondaryo viloyati hokimligi xabariga koʻra, 9 vagondan iborat “Salomatlik” tibbiy-sanitar yordami 2024-yil 25-30-dekabr kunlari Afgʻonistonning Balx viloyatiga borgan. Bu yerda bir guruh aholi malakali Oʻzbekiston shifokorlari tomonidan bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan.

 

 

“Mazkur insonparvarlik yordami Oʻzbekiston va Afgʻoniston hukumatlarining uchrashuvida afgʻon xalqini Oʻzbekiston shifokorlari tomonidan bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda koʻmak koʻrsatish soʻroviga asosan amalga oshirilmoqda”, – deyilgan hokimlik xabarida.

 

 

Insonparvarlik yordami Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov hamda Transport va Tashqi ishlar vazirliklari, shuningdek, “Oʻzbekiston temiryoʻllari” AJ mutasaddilari tomonidan yetkazib berilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//