Jamiyat
Hukumat qarori bilan koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini shakllantirish va yuritish hamda koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlariga biriktirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi belgilandi.
Hujjatga koʻra, endi talabgor yoki boshqarish organi soʻrovnoma berish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat etadi.
Soʻrovnoma YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda davlat xizmati koʻrsatilgani uchun BHMning 50 foizi (187 ming 500 soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.
Agar soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlsa, shuningdek, belgilangan yigʻim toʻlanmasa, soʻrovnoma qabul qilinmaydi.
Elektron reyestrga kirish uchun quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
▪️ talabgorning koʻp kvartirali uyni boshqarish uchun mavjud ishchi-xizmatchilari hamda moddiy-texnik bazasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar pasportining tasdiqlangan nusxasi;
▪️ tasdiqlangan shtatlar jadvali;
▪️ tegishli malaka sertifikat.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q