Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga asosan birinchi marotaba Oʻzbekiston Milliy atlasi yaratilgani haqida xabar berilgan edi. Bugun AOKAda Kadastr agentligi mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilayotgan matbuot anjumanida ushbu Milliy atlas nashr qilingani aytildi.
2 ta jilddan iborat Atlas 416 ta xaritani oʻzida jamlagan fundamental ilmiy-kartografik asar boʻlib, unda mamlakatimizning maʼmuriy chegarasiga kiruvchi barcha hududlarning tabiiy-geografik oʻrni va umumiy xususiyatlari, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, aholisi, ijtimoiy va iqtisodiyot sohalari hamda tarixiga oid maʼlumotlar mujassamlashgan.
Ular asarda diagrammalar, shartli belgilar, illyustratsiya, kartografik va matnli koʻrinishda tavsiflanadi. Har ikkala jilddan geografik obyektlar nomlari koʻrsatkichlari va terminlar lugʻati ham joy olgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q