“Oʻzbekkosmos” ikki mingga yaqin noqonuniy chiqindixonalarni aniqladi

Saqlash
14:32 / 19.12.2024 339 0

2024-yilning bugungi kuniga qadar “Oʻzbekkosmos” agentligining ekologiya yoʻnalishidagi kosmik monitoring natijalariga koʻra, Oʻzbekistonning qariyb 721 gektar maydonida 1 ming 928 ta noqonuniy chiqindixonalar aniqlangan. Ulardan 123 tasi, yaʻni 255,5 gektari chiqindi saqlash poligonlari chegarasidan tashqariga chiqish, 1 805 tasi, yaʻni 465,2 gektari esa noqonuniy chiqindi poligonlari sifatida qayd etilgan.

 

Xususan:

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 243 ta (63,2 gektar);

 

Xorazm viloyatida 168 ta (22 gektar);

 

Buxoro viloyatida 92 ta (91,7 gektar);

 

Navoiy viloyatida 216 ta (112,4 gektar);

 

Samarqand viloyatida 147 ta (41,2 gektar);

 

Qashqadaryo viloyati 81 ta (79,3 gektar);

 

Andijon viloyati 180 ta (42 gektar);

 

Namangan viloyatida 195 ta (65,2 gektar);

 

Fargʻona viloyatida 164 ta (51 gektar);

 

Toshkent viloyatida 363 ta (98,6 gektar);

 

Jizzax viloyatida 39 ta (30,44 gektar);

 

Surxondaryo viloyatida 40 ta (20,11 gektar) noqonuniy chiqinxonadalar topilgan.

 

 

Agentlikka koʻra, bu kabi noqonuniy chiqindi poligonlarining tashkil etilishi avvalo atrof-muhit va ekologiyaga hamda tuproq, suv va havo sifatiga salbiy taʻsir koʻrsatishi bilan xavfli. Qolaversa, bu zararli hasharotlar koʻpayishi, infeksion kasalliklarning ortishi, insonlarda oʻpka saratoni va nafas olish nuqsonlarining rivojlanishiga olib keladi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//