Madaniyat
Gʻoliblarga Prezident sovgʻasi sifatida “Damas” avtomobillari va pul mukofotlari topshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori doirasida “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovlarini oʻtkazish belgilangan edi.
Shu munosabat bilan, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-iyundagi “Eng namunali vazirlik va idora” hamda “Eng namunali tuman va shahar” tanlovlarini oʻtkazish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi 30-son bayoni bilan tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan vazifalar belgilanib, Respublika komissiya tarkibi tasdiqlandi.
2024-yilda oʻtkazilgan “Eng namunali tuman va shahar” tanloviga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tavsiyasiga koʻra, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli yoʻlga qoʻygan, bu borada yuqori samaradorlikka erishgan hamda oʻz hududida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlagan 14 ta tuman va shahar hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanloviga 17 ta vazirlik va idoradan ishtirok uchun arizalar qabul qilindi.
Gʻolib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi 2024-yil 13-dekabr kuni Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida boʻlib oʻtdi.
Respublika komissiyasining oʻrganish natijalariga koʻra, “Eng namunali shahar va tuman” tanlovida:
1-oʻrin — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani;
2-oʻrin — Samarqand viloyati Ishtixon tumani;
3-oʻrin — Toshkent shahrining Olmazor tumani;
4-oʻrin — Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani;
5-oʻrin — Jizzax viloyati Gʻallaorol tumaniga berildi.
Shuningdek, “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi gʻoliblari ham taqdirlandi:
1-oʻrin — Qishloq xoʻjaligi vazirligi;
2-oʻrin — Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati;
3-oʻrin — Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
4-oʻrin — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi;
5-oʻrin — Sport vazirligi.
Gʻolib boʻlgan vazirlik va idora hamda tuman-shaharlarga Prezident sovgʻasi sifatida:
1-oʻringa — “Damas” avtomobili;
2-oʻringa — 40 million soʻm;
3-oʻringa — 25 million soʻm pul mukofoti topshirildi.
4- va 5-oʻrin sovrindorlariga esa 10 million soʻmlik kitoblar toʻplami taqdim etildi.
Shu bilan birga alohida nominatsiyalar boʻyicha ham taqdirlashlar amalga oshirildi.
Jumladan:
“Davlat tilida ish yuritish boʻyicha eng namunali vazirlik-idora” nominatsiyasi boʻyicha “Oʻzkimyosanoat” AJ;
“Eng faol kitobxon vazirlik-idora” nominatsiyasi boʻyicha Ichki ishlar vazirligi;
“Eng faol targʻibotchi vazirlik-idora” nominatsiyasi boʻyicha Milliy gvardiya;
“Eng yaxshi vazirlik-idora sayti” nominatsiyasi boʻyicha Mudofaa vazirligi;
“OAV va ijtimoiy tarmoqlarda eng faol vazirlik-idora” nominatsiyasi boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi gʻolib deb topildi.
Tadbirda bir qator xalq artistlari ishtirok etib, qatnashuvchilarga koʻtarinkilik ruhini bagʻishladi. Yigʻilganlar bunday turdagi tadbir va tanlovlar davlat idoralarining sohaga chuqur masʼuliyat bilan yondashishiga, davlat xizmatchilari orasida maʼnaviyat va maʼrifatga qiziqishni yanada orttirishga yordam berishini taʼkidladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q