Madaniyat
Joriy yilning 7-dekabr kuni qabul qilingan hukumat qaroriga koʻra, 2025-yilning 1-sentyabridan Milliy turizm yagona platformasi sinov tariqasida ish boshlaydi.
2025-yilning 1-dekabridan sinov tariqasida ishga tushiriladigan platforma bir qancha funksiyalarni bajaradi.
Jumladan:
▪️ sayyohlarga joylashtirish vositalarini onlayn band qilish va sayyohlar tomonidan baholash;
▪️ respublikadagi turoperatorlar va turagentlar xizmatlari, shu jumladan, sayyohlarga gid, gid-tarjimon, yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi, ekskursiya yetakchilari xizmatlaridan foydalanish;
▪️ yoʻnalishsiz taksi va avtotransport vositalari ijarasi xizmatlaridan foydalanish;
▪️ avtobus, avia va temir yoʻl chiptalari, madaniy meros obyektlari, muzeylar va boshqa diqqatga sazovor joylarga kirish chiptalarini xarid qilish;
▪️ xalqaro va milliy toʻlov tizimlari orqali turistik xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
▪️ turizm sohasiga oid statistik hisobotlarni yuritish va real vaqt rejimida tahlil qilish.
Bunda Turizm qoʻmitasi platformani ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi.
Platforma operatori esa qonunchilikda belgilangan tartibda xarid qilish tartib-tamoyillari natijalariga koʻra tanlab olinadi.
Aynan operator tomonidan platforma maʼlumotlarining 14 ta xorijiy tilga tarjimasi taʼminlab boriladi.
Hujjat allaqachon Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 10-dekabrdan boshlab kuchga kirgan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q