Markaziy bank boshqaruvi raisi oʻzgardi

Saqlash
16:49 / 11.12.2024 126 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimi uchun Oliy Majlis Senatiga Timur Ishmetov nomzodini taqdim etgan edi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi davlat rahbarining taqdimnomasiga muvofiq Timur Ishmetovni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

 

Maʼlumot uchun, Ishmetov 2022-yil 30-dekabrdan buyon Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

Oldinroq Oliy Majlis Senatiga Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratovni egallab turgan lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilgan edi. Senat taqdimnomaga muvofiq Nurmuratovni egallab turgan lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida qaror chiqargandi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//