Sport
Prezident qarori bilan yangi oʻquv yilidan boshlab jamoaviy sport turlarini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratiladi.
Jumladan, 2025/2026 oʻquv yilidan barcha davlat universitetlarida voleybol, basketbol, gandbol, regbi, chim ustida xokkey, suv polosi kabi jamoaviy sport turlari boʻyicha sport klublari tashkil etiladi. Boshqa davlat oliy taʼlim muassasalarida esa kamida 3 ta jamoaviy sport turlari boʻyicha sport klublari shakllantiriladi.
Shuningdek, jamoaviy sport turlari boʻyicha quyidagi sport musobaqalarini oʻtkazib borish yoʻlga qoʻyiladi:
▪️ “Maktab ligasi”;
▪️ “Talabalar ligasi” va “Oliy taʼlim kubogi”;
▪️ “Rektor kubogi”.
Bundan tashqari, vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalarda ham kamida 3 ta jamoaviy sport turlari boʻyicha sport klublari tashkil qilinadi.
Bunda jamoaviy sport turlari boʻyicha idoraviy tashkilotlar kesimida “Rahbar kubogi”, mahalliy hokimliklar kesimida “Hokim kubogi” musobaqalari oʻtkazib boriladi.
Jamoaviy sport turlari boʻyicha sport klublari tadbirkorlik subyektlarida ham boʻladi. Bu yoʻnalishda “Korporativ sport oʻyinlari” sport musobaqasi muntazam uyushtiriladi.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111063
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q