Sport
Noyabr oyi yakunlanishi bilan Jahon shaxmat federatsiyasi reytingi yangilandi.
Kuchli 100 nafar shaxmat ustasi joy olgan roʻyxatga 5 nafar oʻzbekistonlik grossmeyster ham kirgan.
Jumaldan, ular ichidagi eng yaxshi natija Nodirbek Abdusattorovga tegishli boʻlib, u 2777 ball bilan 6-oʻrinda band etgan.
Umumiy 2685 ball olgan Rustam Qosimjonov esa 43-oʻrindan joy olgan.
Javohir Sindarov (2682 ball) va Shamsiddin Vohidov (2681 ball) 46- va 47-oʻrinlarga loyiq koʻrilgan.
Nodirbek Yaqubboyev ham kuchli yuzlik safida boʻlib, u 2668 ball bilan 60-oʻrinda qayd etilgan.
Foto: FIDE
Maʼlumot uchun, bu reytingni hozirda 2831 ball toʻplagan Magnus Karlsen boshqarib bormoqda.
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q