Oʻzbekistonning ayrim hududlarida dam olish kuni qor yogʻadi

Saqlash
21:06 / 24.12.2021 822 0

“Oʻzgidromet” dam olish kunlari yomgʻir yogʻib, qorga aylanishi kutilayotganini maʼlum qildi.

 

Qayd qilinishicha, 25-dekabr, shanba kuni respublikaning barcha hududlariga antitsiklon kirib keladi. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda qor yogʻadi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Faqat Surxondaryo, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliqni, kunduzi 5-10 daraja iliqni, shimolda kechasi 3-8 daraja sovuqni, kunduzi 0-5 daraja sovuqni tashkil etadi.

 

26-dekabr, yakshanba kuni mamlakatning barcha hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi, shimoliy hududlarda yogʻingarchilik toʻxtaydi. Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliqni, shimolda kechasi 9-14 daraja sovuqni, kunduzi 0-5 daraja sovuqni tashkil etadi.

 

27-dekabr, dushunba kuni Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik boʻlishi ehtimoli kam, kechasi harorat 3-8 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliqdan yuqori boʻlmaydi, ushbu kun uchun boʻlgan koʻp yillik qiymatlardan 5-7 darajaga kamdir.

 

Shu kunlarda respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//