Toshkent shahrida Ma’naviyat shaharchasi barpo etiladi

Saqlash
20:15 / 24.12.2021 1255 0

2022 yilda Toshkent shahrida bir qator obyektlar quriladi – Ma’naviyat shaharchasi, Olimpiya shaharchasi va Yangi O‘zbekiston massivlari shular jumlasidan.



Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida deputatlarga murojaat qilgan shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev ma’lum qildi.

 

2022 yilda Toshkent shahrida quyidagi yirik obyektlar topshirilishi reja qilingan:

 

– Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbek milliy akademik drama teatri va O‘zbekiston davlat san’at muzeyini o‘z ichiga olgan majmua – Ma’naviyat shaharchasi;

 

– Islom sivilizatsiya markazi qurilish ishlari davom ettiriladi;

 

– sport musobaqalari bo‘yicha Osiyo va Jahon chempionatlarini o‘tkazish maqsadida Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab Olimpiya shaharchasini bunyod etish boshlanadi;

 

– Geologiya fanlari universitetidagi qurilish loyihasining ikkinchi bosqichida laboratoriya, Davlat geologiya qo‘mitasi ma’muriy binosi, geologiya fondi va sport majmuasi quriladi;

 

– Toshkent shahrida 12 ta «yashil zona» va xiyobonlar hamda 25 ta alleyalar tashkil etiladi;

 

– Zamonaviy, energotejamkor qurilgan, sifatli uy-joylarga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida Yangi O‘zbekiston massivi barpo etiladi. Ularda 1 ming 536 xonadonli 24 ta ko‘p qavatli uy, 3 ta ijtimoiy soha obyekti quriladi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//