Bir qator amaldorlarga ogohlantirish va hayfsan berildi

Saqlash
09:52 / 01.12.2024 223 0

Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan, iste’molchilarga yoqilg‘i-energiya resurslarini barqaror yetkazib berish va ularni tejash bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim rahbarlar intizomiy jazoga tortildi. Bu haqda bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.

 

Hujjatga ko‘ra, elektr energiyasi va tabiiy gazni iqtisod qilish bo‘yicha belgilangan rejaga amal qilmagani, energiya resurslaridan foydalanishda limitdan oshishiga yo‘l qo‘ygani hamda nazoratni ta’minlamagani uchun quyidagilarga hayfsan berildi:

 

— Oqoltin tumani hokimi K.Ernazarov, Mirzaobodtumani hokimi O.Rahmonqulov, Bo‘stonliq tumani hokimi J.Ahmedov, Bekobod tumani hokimi Sh.Do‘sbekov, Zangiota tumani hokimi E.Rustamov, Toshkent tumani hokimi S.Ergashev, Yangiyo‘l tumani hokimi O.Ataullayev, Qo‘qonshahar hokimi M.Usmonov, Bog‘dod tumani hokimi G‘.Soliyev, Beshariq tumani hokimi R.Jo‘rayev, So‘x tumani hokimi S.Saidmusayev, Furqat tumani hokimi E.Asronqulov.

 

Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘ygani uchun quyidagilar hayfsan oldi:

 

— Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri B.Juzbayev, Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari K.Komilov, Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari G‘.Murodxo‘jayev, Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O.Sultonbekov, Andijon tumani hokimi B.Yo‘ldoshev, Beruniy tumani hokimi I.Xidirov.

 

Bundan tashqari, hududlarda aholiga ko‘mirtarqatishni kechiktirish, sifatsiz ko‘mir tarqatish kabi holatlar juda ko‘p kuzatilgani hamda ushbu holatlarni zarur darajada nazoratga olmagani uchun “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori o‘rinbosari E.Yoqubov oxirgi marta ogohlantirildi.

 

Farmoyish bilan tegishli vazirlik va idoralarga ko‘rsatilgan shahar hamda tumanlar sektor rahbarlari faoliyatiga baho berib, ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish hamda natijalari to‘g‘risida bir kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish topshirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//