Oʻzbekistonlik ikki nafar tadbirkor Forbes'ning top reytingidan joy oldi

Saqlash
18:01 / 26.11.2024 207 0

Birlashgan Arab Amirligida joylashgan Comfi platformasining asoschilaridan hisoblanadigan Alisher Akbarov hamda Amal Abdullayev mashhur Forbes nashrining 2024-yilgi “30 Under 30” reytingida eʼtirof etildi. Ikkala tadbirkor ham 26 yoshda boʻlib, ular Sanjar Samiev va Aleksandr Mushta (ikkalasi 30 yoshdan oshgan) bilan hamkorlikda “B2B” platformasi asos solishgan.

 

 

Maʼlumot uchun, “B2B” SME (kichik va oʻrta korxonalar uchun maxsus moʻljallangan moliyalashtirish shakli) uchun toʻlov yechimlari/kreditlarini taklif qiluvchi platforma hisoblanadi.

 

Platforma Abu-Dabidagi xususiy oilaviy ofisdan 5 mln dollar qarz mablagʻini jalb qilgan hamda Sanabil Investments va 500 Global'dan 350 ming dollar qiymatidagi sarmoyani qoʻlga kiritgan.

 

Comfi oʻz foydalanuvchilariga moliyaviy yechimlarni taklif qiladi. U kredit muddatini 90 kungacha uzaytirishi yoki oldindan toʻlovlarni olishi mumkin.

 

Hozirgi kungacha kompaniya Tafaseel, Musafir, Meydan Free Zone, Bugyz va Park Lane Motors kabi taniqli kichik va oʻrta biznes korxonalari bilan 5 mln dollar qiymatidagi hamkorlik shartnomalariga ega.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//