Madaniyat
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «Yoshlik» kinostudiyasi DUK tomonidan suratga olingan rejissyor Saida’loxon Ma’sudxonovning “Obyektiv" («Objective») qisqa metrajli filmi “Белый лебед” xalqaro Yalta kinofestivalida “Milliy kolorit uchun” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ssenariy mualliflari Saida’loxon Ma’sudxonov, Odilbek Qosimov, Husnullo Jomonqulov, postanovkachi rejissyor Saida’loxon Ma’sudxonov, postanovkachi operator Odilbek Qosimov, postanovkachi rassom Timur Murodov, ovoz operatori Shahzod To‘xtamurodov.
Ma’lumot uchun, mazkur kinokartina «Ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi «Kino 5 kunda» yosh rejissyorlar loyihasida yaratilgan. Kinofestivalda “Hay’at a’zolarining maxsus sovrini” hamda “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Iqtisod
Siyosat
112062
Jamiyat
94748
Jamiyat
90769
Jamiyat
75572
Jamiyat
//
Izoh yo‘q