Jamiyat
24-noyabr kuni Oʻzbekiston elchixonasi diplomatlari va Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Konsullik departamenti vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda huquqiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikka oid keng koʻlamli masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, Xitoyning viza siyosati, ikki mamlakat fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda Oʻzbekiston – Xitoy oʻrtasidagi sohaga oid meʼyoriy-huquqiy bazani kengaytirish xususida fikr almashildi.
Muzokaralar davomida Oʻzbekiston tomoni uchun kelgusida konsullik–huquqiy sohadagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlaridan biri xorijiy davlatlar bilan viza tartibini yanada erkinlashtirish, xususan, viza talablaridan oʻzaro ozod etish toʻgʻrisida kelishuvlarga erishish hisoblanishi aytib oʻtildi.
Shuningdek, oʻzaro samarali hamkorlik natijasida ikki mamlakat fuqarolari almashinuvini kengaytirish va turizm sohasini izchil rivojlantirishdan tomonlar birdek manfaatdor ekani qayt etildi.
Xitoy TIV Konsullik departamentining Viza siyosati va ishlari boshqarmasi direktori Son Shiyu Oʻzbekistondagi siyosiy, iqtisodiy ijobiy oʻzgarishlar, ayniqsa, soʻngi yillarda dunyo mamlakatlari bilan vizalarni liberallashtirish borasida olib borilgan samarali natijalarni yuqori baholab, Xitoy tomoni ham ushbu yoʻnalishdagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi.
Taraflar sohaga oid oldinda turgan masalalarni birgalikda hal etishga kelishib oldi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q