Sport
Kecha, 25-noyabr kuni Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasining navbatdagi 41-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtdi.
Unda tashkiliy masala koʻrib chiqildi.
Jumladan, Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surildi va bir ovozdan saylandi.
Bosh assambleya MOQ raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga esa Otabek Umarovni, rais oʻrinbosari lavozimiga Sherzod Tashmatovni, qoʻmita bosh kotibi lavozimiga Oybek Qosimovni sayladi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezident Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abduraxmanov, sport vaziri Adham Ikramov, Bosh assambleya aʼzolari, shuningdek, federatsiya va assotsiatsiyalarning masʼullari ham qatnashdi.
Tadbir davomida Qoʻmitaning yangilangan ustavi ham tasdiqlab olindi. Shuning bilan, MOQning 41-Bosh Assambleyasi oʻz ishini yakunladi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q