Tarjimashunoslikka bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi

Saqlash
14:30 / 24.12.2021 1024 0

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “O‘zbek zamonaviy adabiyotini xorijiy tillarga tarjima qilish va chet mamlakatlarda targ‘ib qilishning dolzarb masalalari”ga bag‘ishlangan Ikkinchi respublika konferensiyasi o‘tkazildi. Undan ko‘zlangan maqsad – konferensiyaning yo‘nalishi o‘zbek zamonaviy adabiyoti qamrovini kengaytirish, uning jahon maydonidagi e’tirofini yuksaltirishdir.

  

Konferensiya avvalida “Slovo” elektron almanaxi taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Gʻayrat Majid, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, tarjimonlar Muhiddin Omon va Nodira Rashidova so‘zga chiqdi. Yig‘ilganlarga nashr haqida hikoya qiluvchi slayd namoyish etildi.

  

Nashrning mas’ul muharriri Aleksandr Svistunov, “Slovo”ning tahrir hay’ati a’zolari Galina Dolgaya, Risolat Haydarova, Nikolay Ilin almanaxning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, uning rejalari va istiqbollari haqidagi savollarga javoblar qaytarishdi. Almanaxda rus tilida ijod qiluvchi shoir va yozuvchilarning asarlari bilan bir qatorda o‘zbek ijodkorlarining rus tiliga tarjima qilingan asarlariga ham keng o‘rin berilgan.

     

Konferensiya amaliy yo‘nalishda tashkil etilib, unda o‘zbek zamonaviy adabiyotidan xorijiy tillarga tarjimalar qilayotgan tarjimonlarning mahorat saboqlari tashkil etildi. Amaliy qism shoʻbalarga bo‘lingan holda davom etdi. Xususan, shoʻbalarda Rustam Musurmon, Boboxon Muhammad Sharif, Nikolay Ilin, Begoyim Xolbekova hamda Gulnoz Mamarasulova jahon she’riyati tarjimasi, o‘zbek nasrini turk va ozarbayjon tillariga, o‘zbek she’riyatini rus va ingliz tillariga tarjima qilishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida saboq berishdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//