Jahon
Turkiy davlatlar tashkiloti umumiy madhiya yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda loyiha rahbarlaridan biri, professor Erhan Ozden maʼlum qildi.
“Kompozitor ishtirokchi davlatlarning umumiy fikridan kelib chiqib tanlanadi. Qoʻshiq soʻzlari esa tashkilotga aʼzo davlatlarning barchasiga tushunarli boʻladi. Madhiya bizni ruhlantirib, milliy, maʼnaviy tuygʻularimizni mustahkamlashga xizmat qiladi” – deya qoʻshimcha qildi Erhan Ozden.
Uning soʻzlariga koʻra, marshda turkiy xalqlarga xos xususiyatlar xarakterli soʻz va musiqa bilan ifodalanadi.
Madhiya tez orada tayyor boʻlishi maʼlum qilingan.
Madaniy hamkorlik doirasida shuningdek, sanʼatning barcha sohalarida qoʻllaniladigan umumiy adabiy til yaratish uchun lugʻat ishlab chiqiladi.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111063
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74539
Jamiyat
//
Izoh yo‘q