Jamiyat
Toshkent shahar hokimligi poytaxt koʻchalarida pulli toʻxtash joylarini boshqarish huquqi uchun auksion oʻtkazadigan boʻldi.
Bunda ijaraga beriladigan maydonlarning umumiy hajmi 262,8 ming kvadrat metrni tashkil etadi.
Mazkur hududlar quyidagi koʻchalarni qamrab oladi:
Uchtepa va Chilonzor tumanlari – Kichik halqa avtomobil yoʻli, Farhod, Lutfiy, Choʻponota, Muqimiy, Qatortol, Chilonzor, Arnasoy, Yesenin, Beshqayragʻoch koʻchalari;
Sergeli va Yangihayot tumanlari – Yangi Sergeli, Tursunzoda, Alaviya, Shokirariq, Islom Sattorov, Qipchoq, Qoʻrgʻontepa, Birodarlik koʻchalari;
Olmazor va Shayxontohur tumanlari – Labzak, Sebzor, Gulobod, Forobiy, Beltepa, Qoraqamish, Qorasaroy, Shimoliy Olmazor koʻchalari;
Bektemir tumani – Husayn Boyqaro koʻchasi;
Mirobod tumani – Yangi Qoʻyliq koʻchasi;
Yashnobod tumani – Ohangaron yoʻli koʻchasi, Quyi Tolariq, Sivets, Quruvchilar koʻchalari.
Shuningdek, shaharning markaziy koʻchalari – Amir Temur xiyoboni, Movarounnahr, Istiqlol, Yahyo Gʻulomov, Oʻzbekiston ovozi, Istiqbol, Sodiq Azimov, Taras Shevchenko, Shahrisabz, Yakkachinor, Shastri, Mahatma Gandi, Hamid Olimjon, Chexov va boshqa koʻchalarida pulli toʻxtash joylari tashkil qilish rejalashtirilgan.
Bunda ijara muddati 3 yil boʻlib, dastlabki 2 yil ichida ijarachi bir qator sharoitlarni yaratishi lozim. Yaʼni, avtoturargohlarni jihozlash, parkomatlar va harakatni tashkil etish vositalarini oʻrnatish, shuningdek, kommunikatsiya va aloqani amalga oshirish uchun kamida 5 mln dollar sarmoya kiritish kabilar shular jumlasidan.
Avtoturargohdan tushgan tushumning kamida 1/12 qismi Toshkent shahar yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazilishi kerak.
Shu bilan birga, ijarachi avtoturargohlardan maqsadli va qonuniy foydalanish monitoringini taʼminlashi lozim.
Yillik ijara uchun boshlangʻich narx esa 57,21 mlrd soʻmni tashkil etadi.
Parking uchun berilgan hududdan boshqa maqsadlarda foydalanmaslik va ularda boshqa shaharsozlik hamda tijorat obyektlarini joylashtirmaslik talab etiladi.
Auksion 25-noyabr kuni soat 10:00 da boʻlib oʻtadi. Arizalar oʻsha kuni, soat 9:00 gacha qabul qilinadi.
Iqtisodchi Otabek Bakirov bu auksion “bir qoʻlli parkovka monopoliyasi”ga sabab boʻlishini taʼkidlamoqda.
“Agarda auksion poytaxt maʼmuriyati istagandek oʻtsa, shaharda yagona Parkovka qiroli paydo boʻladi. Gʻolibi oldindan yopiq kabinetlarda kelishilmagan boʻlmasa, bu jarayonni auksion deyishga til bormaydi”, deb yozadi u.
Bakirov Raqobat qoʻmitasi va Antikorrupsiya agentligi poytaxtda parkovka monopoliyasini yaratishi mumkin boʻlgan, belgilariga koʻra auksion deb atash qiyin boʻlgan bu auksionni toʻxtatishishiga umid qilmoqda.
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q