Jamiyat
Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2024-yil 17-noyabr kuni oʻtkaziladi.
Test sinovlari ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq), matematika, Oʻzbekiston tarixi va chet tili fanlari boʻyicha boʻlib, 1 smenada tashkil etiladi (10:00 dan 13:00 ga qadar).
Bunda nomzodlarga jami 3 soat vaqt beriladi (har 30 ta test topshirigʻiga 1 soat). Mazkur vaqt mobaynida ular 90 ta test topshirigʻini bajarishi hamda javoblarni varaqaga koʻchirishlari lozim boʻladi.
Test sinovida toʻplash mumkin boʻlgan maksimal baho – 249 ball.
Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishi mumkin.
Test sinovi oʻtkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqt(soat 08:30)dan kechikmay, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelish talab etiladi.
Maʼlumot oʻrnida, 2025/2026-oʻquv yilida DXX akademiyasiga bakalavriat taʼlim yoʻnalishi kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni roʻyxatga olish jarayoni joriy yilning 10-oktyabridan boshlangan edi.
Xabarda nomzodlar 10-noyabrga qadar onlayn roʻyxatdan oʻtishlari aytilgan.
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q