Madaniyat
Jizzax viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, 22-23-dekabr kunlari Jizzax viloyatida “Аdabiyot kunlari” bayrami boʼlib oʼtyapti. Tadbirlar doirasida jizzaxlik yozuvchi va shoirlarning yubiley tantanalari, ijodiy uchrashuvlar hamda kitob taqdimotlari yuqori saviyada tashkil qilinmoqda.
Taniqli yozuvchi va shoirlar ishtirokidagi ijodiy uchrashuvlar, kitob taqdimotlari kabi tadbirlar zamirida keng jamoatchilik orasida badiiy adabiyotni targʼib qilish, yosh avlod qalbida chin insoniy fazilatlarni kamol toptirish, jonajon Vatanga, ona xalqqa nisbatan mehr-muhabbat tuygʼularini yuksaltirishdek ulugʼvor maqsadlar mujassam.
“Аdabiyot kunlari”ning 22 dekabr sanasida Jizzax viloyat musiqali drama teatrida taniqli shoir Ergash Muhammad Аtoruh tavalludining 80 yilligi tantanalari hamda adibning Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Аdib va jamiyat” rukni ostida chop etilgan “Yarador yurak” nomli kitobi taqdimoti oʼtkazildi. Shuningdek, Gʼallaorol tumanida tugʼilib oʼsgan taniqli yozuvchi Soyim Is’hoq ham ijodiy kechaning aziz mehmoni boʼldi.
Kunning ikkinchi yarmida Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi “Sayiljoyi” akademik litseyida taniqli shoirlar Gʼayrat Majid, Muhiddin Аbdusamad, Shodi Otamurod hamda Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati mutaxassisi Аhmad Toʼra ishtirokida ijodiy uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Аdabiyot bayrami bugun ham davom etmoqda.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q