Madaniyat
Barglar rangi oʻzgarib, havo salqinlasha boshlaganda, tabiat nafaqat mazali, balki mavsumiy muhitga mos boʻlgan mevalarning moʻl hosilini ham tortiq qiladi. Kuz – qalin kiyimlar, issiq ichimliklar va vitaminlarga boy mevalar faslidir. Quyida kuz faslida isteʼmol qilish ayni muddao boʻlgan 5 meva haqida toʻxtalamiz.
Olma
Kuz mavsumning asosiy mevasi – bu shubhasiz, olma.
Ushbu meva yordamida gazaklar, pirojniylar pishirish yoki ajoyib shtrudel tayyorlash mumkin. Olma kuzning ramzi hisoblanadi. U C vitaminiga boy boʻlib, hazm qilish va immunitet tizimiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Nok
Tarkibi K va S vitaminlariga boy boʻlgan nokni salatlarda, shirinliklarda ishlatish mumkin. Albatta, mevaning oʻzini tanovul qilish hammasidan aʼloroq.
Kivi
Kivi kuzgi mevalar orasida tetiklantiruvchi va toʻyimli qoʻshimcha hisoblanadi. Bu yorqin yashil meva nok kabi S va K vitaminiga boy.
Apelsin
Apelsin eng sevimli sitrus mevalardan biri boʻlib, kuz mavsumida eng koʻp sotiluvchi meva qatoridan joy olgan. Ushbu meva immunitet tizimini va umumiy salomatlikni qoʻllab-quvvatlovchi S vitaminiga boyligi bilan mashhur.
Uzum
Kuz faslida yetishib, shirin va xoʻshboʻy taʼmga ega boʻluvchi ushbu mahsulot antioksidantlarga, jumladan, yurak salomatligi uchun foydali boʻlgan resveratrolga boy.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q