Sport
Oʻzbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqoʻziyev (15−1, 10 KO) 2-noyabr kuni Las-Vegasdagi Golden Boy boks kechasida amerikalik Devid Stivensni (14−2, 10 KO) magʻlub etdi. Beshinchi raundga qadar jang 24 yoshli Stivensning biroz ustunligi bilan kechgan bo‘lsa, oltinchi raundga kelib ikkala bokschida ham charchash belgilari koʻrina boshladi. Meliqoʻziyev yettinchi raundda tez-tez klinchga kirishga majbur boʻlsa-da, sakkizinchi raundda oʻzini qoʻlga olib, jangni nazorat qila boshladi. Garchi Meliqoʻziyevning chap qoʻli avvalgidek kuchli boʻlmasa-da, nishonga tegishda davom etdi. Toʻqqizinchi raundga kelib bokschimizning yuzi qonga belanib, shishib ketgandi.
Shunga qaramay, Bektemir asosiy eʼtiborini ochkolar jamgʻarishga qaratdi, Stivens esa hal qiluvchi zarba berishga urindi. Meliqoʻziyev 10 va 11-raundlarda nazoratni qoʻlga olib, chap qoʻli bilan zarba berishni soʻnggi bonggacha davom ettirdi va jangni ishonchli yakunladi.
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
110070
Jamiyat
94313
Jamiyat
90174
Jamiyat
73499
Jamiyat
//
Izoh yo‘q