Yangi Oʻzbekiston bogʻida Alisher Navoiyga bagʻishlab memorial muzey tashkil etiladi

Saqlash
17:18 / 01.11.2024 347 0

 

Davlat rahbari, shuningdek, 2025-yilni Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.

 

Prezident Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan oʻtkazilayotgan yigʻilishda Navoiy viloyati maʼnaviy tarbiya, maʼrifiy yuksalish yoʻlida barchaga oʻrnak va namuna boʻlishi, taʼbir joiz boʻlsa, yurtimizning maʼnaviy brendiga aylanishi zarurligini taʼkidladi.

 

Masalan, 2017-yil Andijon viloyatida “Bobur yili” deb eʼlon qilinib, shu asosda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilgan edi. Prezident mana shunday ijobiy tajribani Navoiy viloyatida ham qoʻllab, yangi – 2025-yilni viloyatda “Alisher Navoiy yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.

 

Bu yil doirasida “Hazrat Navoiyni anglash – oʻzligimizni anglash” mavzusida Prezident sovgʻasi uchun respublika tanlovi tashkil etiladi. Har bir mahalla, maktab, oliygohlar va mehnat jamoalarida “Navoiyxonlik kechalari” oʻtkaziladi.

 

“Yashil makon” loyihasi doirasida viloyatning shahar va tumanlari, qishloqlarida Navoiy bobomizga atab yangi bogʻlar, soʻlim xiyobonlar, yashil hududlar tashkil etiladi.

 

Yangi quriladigan Yangi Oʻzbekiston bogʻida Alisher Navoiyga bagʻishlab memorial muzey tashkil etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//