Xalqaro kinofestivallarda sovrindor boʻlgan milliy filmlar ijodkorlari ragʻbatlantiriladi

Saqlash
21:18 / 31.10.2024 341 0

 

Vazirlar Mahkamasining 24-oktabrdagi 694-son qarori bilan kinematografiya sohasida bir qator normativ huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.

 

Prezident qaroriga muvofiq Kinematografiyani rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy komissiya hamda Filmlarning gʻoyaviy-badiiy darajasini oshirishga koʻmaklashish boʻyicha milliy kengash tashkil etilgan. Shuningdek, xalqaro kinofestivallarda taqdirlangan milliy filmlar ijodkorlarini ragʻbatlantirish tizimi joriy etilmoqda.

 

Hujjat bilan Kinematografiyani rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy komissiya hamda Filmlarning gʻoyaviy-badiiy darajasini oshirishga koʻmaklashish boʻyicha milliy kengash toʻgʻrisidagi nizomlar ham tasdiqlandi.

 

Ular quyidagilarni belgilaydi:

 

– komissiya va kengashning maqsadi va vazifalari;

 

– ularning huquq va majburiyatlari;

 

– faoliyatini tashkil etish tartibi.

 

Milliy komissiya oldiga quyidagi asosiy vazifalar qoʻyilgan:

 

– “Tirik tarix” dasturi doirasida va davlat buyurtmasi asosida yaratiladigan filmlarni ishlab chiqarish uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlash va qoʻshimcha mablagʻlar jalb qilish;

 

– kinoindustriyani iqtisodiyotning alohida tarmogʻi sifatida rivojlantirish, imtiyoz va preferensiyalar berilgan maxsus kino hududlarini tashkil etish;

 

– milliy filmlarni xorijiy kino bozorlari va kinofestivallarda keng targʻib qilish va boshqalar.

 

Milliy kengashning asosiy vazifalari:

 

– “Tirik tarix” dasturi doirasida yaratiladigan filmlarning adabiy va rejissyorlik ssenariylari gʻoyaviy-badiiy mazmunining yuqori darajasini taʻminlash;

 

– kino mahsulotlarini ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish, ustuvor mavzu va janrlar boʻyicha kvotalarni belgilash;

 

– Islom sivilizatsiyasi markazi huzurida “Tirik tarix” dasturi boʻyicha tarixiy faktlarni aniqlash uchun ekspertlar ilmiy guruhini shakllantirish.

 

Shuningdek, xalqaro kinofestivallar va kinotaqdimotlarda taqdirlangan milliy filmlar ijodkorlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan. Hujjatga koʻra, Xalqaro kinoprodyuserlar federatsiyasi akkreditatsiya qilgan kinofestivallarning nominatsiya gʻoliblari yoki Gran-pri sohiblariga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha miqdorda mukofot berish rejalashtirilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//