Jahon
Ispaniyaning janubi-sharqidagi Valensiya provinsiyasida kuzatilgan kuchli yogʻingarchilik halokatli suv toshqinlariga sabab boʻldi. Kamida 62 nafar aholi halok boʻlgan. Manbaning xabar berishicha, bu dastlabki raqamlar boʻlib, halok boʻlganlarni aniqlash va topish ishlari davom etmoqda.
Mintaqaviy hukumat rahbari Karlos Masonga koʻra, suv toshqinlari tufayli Valensiyaning bir necha tumanida elektr tarmoqlari va aloqada uzilishlar yuzaga kelgan. Ijtimoiy tarmoqlarda koʻpriklar qulab, aholi turar joylari va boshqa markaziy koʻchalarni suv bosgani aks etgan video-suratlar tarqaldi. Unda odamlar toshqinlardan himoyalanish uchun imkon qadar yuqoriroqqa, hatto, daraxtlarga chiqib olayotganini koʻrish mumkin.
Rasmiylar bir kun avval Valensiya hamda Albaseti provinsiyasida kamida 7 kishi izsiz yoʻqolgani haqida xabar bergan. Malaga provinsiyasidan uncha uzoq boʻlmagan hududda yomon ob-havo sharoiti tufayli tezyurar poyezd 300 ga yaqin yoʻlovchisi bilan relsdan chiqib ketgan edi. Jabrlanganlar yoʻq, biroq Valensiya va Madrid oʻrtasidagi tezyurar poyezd qatnovi toʻxtatilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q