Madaniyat
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan “Esda qolar baxtiyor kunlar” deb nomlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga O‘zbekiston xalq artistlari – Farrux Zokirov, Nasiba Abdullayeva, Gavxar Zokirova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ashurali Jo‘rayev, Zokirovlar sulolasidan – aktyor Javohir Zokirov, Oxista Jamshid, Respublikada xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Zulfiya Mo‘minova hamda boshqa tashkilotlarning xodimlari, Botir Zokirovning muxlislari ishtirok etdi.
Kechani Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov kirish so‘zi bilan ochdi.
“Haqiqatan ham, Botir Zokirov tavalludi bilan bog‘liq tadbirlar ma’naviy hayotimizda alohida voqea. Chunki bugun Botir Zokirovning merosi qanchalik qiymatga egaligini biz yana-da teranroq anglayapmiz. Men alohida ta’kidlagim keladiki, O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Yil davomidа juda ko‘p tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chinakam ma’noda adabiyot, san’at, ma’naviyat bayramiga aylanib ketmoqda.
Men shaxsan Botir Zokirovni ko‘rmaganman, suhbatini olmaganman. Lekin men ham xuddi siz kabi uni qo‘shiqlari orqali bilaman. Har bir qo‘shiqlarida uning qalbi ko‘rinib turadi.
Biz – adabiyotchilar ko‘pincha yozuvchilar haqida gap ketganda, falonchi yozuvchi falon asari bilan o‘ziga haykal qo‘ydi, deymiz. Lekin Botir Zokirovning qaysi bir qo‘shig‘i haykal emas?! Qaysi bir qo‘shig‘ini bee’tibor tinglash mumkin? Har bir qo‘shig‘i bizning ma’daniyat, san’at xazinamizdagi javohirga teng bo‘lgan ashulalardir. Botir Zokirov qo‘shiqlari bilan o‘ziga haykal qo‘ygan san’atkor.
Uning qo‘shiqlarini eshitib to‘ymaysan, eshitgan sari qayta-qayta eshitging kelaveradi”, – deydi Minhojiddin Hojimatov.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Botir Zokirov bilan bog‘liq xotiralarini g‘urur va hayajon, iftixor bilan eslashdi.
Tadbir so‘ngida san’atkorlar tomonidan Botir Zokirov ijodidan eng sara qo‘shiqlar kuylandi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q