Madaniyat
Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” (“Al-Jomeʼ As-Sahih”) qoʻlyozmasi nusxasi Turkiyadan topildi.
Pamukkale universitetida saqlanayotgan, yoshi 825 yilga teng boʻlgan ushbu qoʻlyozma Oʻzbekiston madaniy merosi haftaligi doirasida ilk bor ommaga taqdim etildi.
Professor Mahmud Yazij u dunyodagi eng qadimiy bu nusxalardan biri ekanini taʼkidlar ekan, koʻp manbalarda Qurʼondan keyingi eng ishonchli manba sifatida eʼtirof etilganini aytadi.
Tashkil etilgan haftalik tadbirlarida yana bir qator koʻp noyob qoʻlyozmalar ham namoyish etilgan. Xususan, bular orasida ilk bor oʻzbek nomi uchragan Qurʼon, Boburiylar davrida yozilgan turkiy tildagi qoʻlyozmalar ham bor.
Masalan, yuqorida aytilgan Qurʼoni Karim nusxasi Temuriylar davrida Muhammad Sulton mirzo qizi, malika Shodmalik tomonidan hijriy 871-yilda (milodiy 1467-yilda) koʻchirilgan. Qoʻlyozmaning xotimasida malika arab tilida oʻzi haqida maʼlumot berib oʻtadi. U otasi Muhammad Sulton, bobosi Jahongir, katta bobosi Amir Temur Koʻragon ekanini yozib qoldirgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q