Turkiyada “Oʻzbek tili tadqiqotlari markazi” ochiladi

Saqlash
09:50 / 24.10.2024 70 0

Ushbu markaz Turkiyaning Karabuk universitetida tashkil etiladi. Bu haqda “Dunyo” nashri xabar berdi.

 

Oʻzbekiston elchixonasi xodimlari Turkiyaning Karabuk universitetida boʻldi.

 

Tashrif davomida universitet prorektori, professor Imoil Karash bilan muzokara oʻtkazilgan. Unda Karabuk universiteti huzurida “Oʻzbek tili tadqiqotlari markazi”ni ochish toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan.

 

Prorektor Imoil Karash bugungi kunda mazkur oliy taʻlim muassasasida 10 mingdan ziyod xorijiy talaba tahsil olayotganini maʻlum qilgan va unda oʻzbekistonlik talabalarning oʻrni muhim ekanligini bildirgan. Oʻzbekistonlik talabalar oʻqish jarayonida yuqori koʻrsatkichlarga erishib, universitet ijtimoiy hayotida ham faol ekanligi mamnuniyat bilan qayd etilgan.

 

“Oʻzbekiston rahbariyatining xorijiy mamlakatlarda oʻzbek tili markazlarini ochish boʻyicha saʻy-harakatlari qoʻllab-quvvatlaymiz. Oʻzbek tili va adabiyotiga boʻlgan yuqori qiziqishni inobatga olib, universitetimiz huzurida “Oʻzbek tili tadqiqotlari markazi”ni ochishga qaror qildik. Yaqin kelajakda markazning tantanali ochilish marosimini oʻtkazamiz”, – degan Imoil Karash.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//