Xarid chekini ro'yxatdan o'tkazgan fuqarolarga summaning 1 foizi qaytariladi

Saqlash
21:09 / 22.12.2021 956 0

“Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori  qabul qilindi.

 

Qarorga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan:

 

- chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarida xaridni amalga oshirib, chekini mobil ilovada roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi qaytariladi.

 

Bundan avtomobil sotib olganlik uchun, temir yoʻl va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun toʻlov, shuningdek, toʻlov tizimi operatorlari orqali toʻlovni amalga oshirganda olingan xarid cheklari mustasno;

 

- sotib oluvchiga cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bermasdan tovarlarni sotganlik va xizmatlar koʻrsatganlik, kontrafakt markirovka qoʻllanilganligi yoki markirovka mavjud emasligi toʻgʻrisida soliq organlariga maxsus dastur orqali xabar bergan jismoniy shaxslarga undirilgan jarimaning 20 foizi miqdorida mukofot toʻlanadi;

 

- toʻlov tizimlari operatorlari oʻz toʻlov tizimlarini onlayn nazorat-kassa mashinalariga majburiy ravishda ulash va shu orqali soliq organlarining axborot tizimlariga integratsiyalashni taʼminlash talabi oʻrnatiladi.

 

2022-yil 1-yanvardan mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi identifikatsiyalash kodlari aks ettirilmaydigan onlayn nazorat-kassa mashinasi va virtual kassa cheklarini taqdim etish taqiqlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//